Maxfiylik siyosati

QandMsster — qandolat fabrikalari va do‘konlari uchun boshqaruv tizimi (veb va mobil ilova). Bu sahifa ilova qanday ma’lumot bilan ishlashini tushuntiradi.

Qanday ma’lumotlar saqlanadi

Faqat siz (yoki xodimlaringiz) ilovaga o‘zingiz kiritgan ishchi ma’lumotlar: xodimlar, davomat, ish haqi, ombor, mahsulotlar, mijozlar va ularning qarzlari, sotuvlar, moliya yozuvlari, retseptlar va ishlab chiqarish. Kirish uchun login va parol (parol shifrlangan holda, qaytarib bo‘lmaydigan usulda saqlanadi).

Nimalar yig‘ilmaydi

Ilova kamera, joylashuv, kontaktlar, mikrofon yoki fayllarga kirishni so‘ramaydi. Reklama, kuzatuv (tracking) va uchinchi tomon analitikasi yo‘q.

Ma’lumotlar ajratilgan

Har bir kompaniya (akkaunt) ma’lumotlari boshqa kompaniyalardan to‘liq ajratilgan. Platforma egasi akkauntning mazmunini emas, faqat umumiy hajm ko‘rsatkichlarini (masalan, yozuvlar soni) ko‘radi.

Xavfsizlik

Aloqa HTTPS orqali shifrlanadi; sessiya muddati cheklangan; parol xavfsiz algoritm (argon2) bilan saqlanadi; ma’lumotlar bazasining zaxira nusxasi har kuni olinadi.

Ma’lumotni yuklab olish va o‘chirish

Akkaunt egasi Sozlamalar → Ma’lumotlarimni yuklab olish orqali barcha yozuvlarini ZIP (CSV) ko‘rinishida olishi mumkin. Akkauntni yoki ma’lumotlarni o‘chirish uchun platforma egasiga murojaat qiling.

Bog‘lanish

Savollar bo‘lsa, ilovani taqdim etgan platforma egasiga murojaat qiling.